🎭 Xorazm viloyati musiqali drama teatrining faxrli drama artisti, O‘zbekiston xalq artisti G. Raximova Respublikamiz viloyatlari bo‘ylab gastrol safarida bo‘lib, tomoshabinlarga unutilmas lahzalarni taqdim etdi.

🌟 Gastrol safari doirasida “Oshiq G‘arib va Shohsanam” monospektakli namoyish etilib, xalqimizning boy adabiy merosi hamda milliy qadriyatlari sahna san’ati orqali yorqin tarzda namoyon bo‘ldi.

👏 Tomoshabinlar mazkur sahna asarini katta qiziqish va chin dildan olqishlar bilan kutib oldilar. Ushbu monospektakl teatr san’atining yuksak namunasi, ayni vaqtda milliy madaniyatimizning teran ifodasi sifatida e’tirof etildi.

📌 Xorazm viloyati musiqali drama teatri san’atkorlarining yuksak iqtidori va mahorati tufayli milliy teatr san’ati keng targ‘ib etilmoqda hamda yurtdoshlarimiz qalbidan chuqur o‘rin egallamoqda.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top