

🌟 Gastrol safari doirasida “Oshiq G‘arib va Shohsanam” monospektakli namoyish etilib, xalqimizning boy adabiy merosi hamda milliy qadriyatlari sahna san’ati orqali yorqin tarzda namoyon bo‘ldi.
👏 Tomoshabinlar mazkur sahna asarini katta qiziqish va chin dildan olqishlar bilan kutib oldilar. Ushbu monospektakl teatr san’atining yuksak namunasi, ayni vaqtda milliy madaniyatimizning teran ifodasi sifatida e’tirof etildi.
📌 Xorazm viloyati musiqali drama teatri san’atkorlarining yuksak iqtidori va mahorati tufayli milliy teatr san’ati keng targ‘ib etilmoqda hamda yurtdoshlarimiz qalbidan chuqur o‘rin egallamoqda.