



Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
Konstitutsiya bayrami arafasidagi dam olish kuni munosabati bilan viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov boshchiligida viloyat, shahar va tuman tashkilotlari rahbarlari viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurdilar.
🌟 Mehmonlar “Lazgining tug‘ilishi” deb nomlangan folklor-etnografik spektaklni tomosha qildilar. Ushbu sahna asari xalqimizning boy madaniy merosi va milliy qadriyatlarini badiiy tarzda namoyon etib, tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi.