✅ Mamlakatimiz Prezidenti Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig‘ilishida davlat idoralari rahbarlari hamda xodimlarining teatrlarga tashrifini yo‘lga qo‘yishni ta’kidlagan edi. Shundan kelib chiqib viloyatimizda davlat xizmatchilarining teatrga tushishi muntazam ravishda tashkil qilinmoqda.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

Konstitutsiya bayrami arafasidagi dam olish kuni munosabati bilan viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov boshchiligida viloyat, shahar va tuman tashkilotlari rahbarlari viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurdilar.

🌟 Mehmonlar “Lazgining tug‘ilishi” deb nomlangan folklor-etnografik spektaklni tomosha qildilar. Ushbu sahna asari xalqimizning boy madaniy merosi va milliy qadriyatlarini badiiy tarzda namoyon etib, tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top